Qozog‘iston suv toshqini tufayli O‘zbekistonga nota yo‘llamaydi

Obuna bo‘lish
Avvalroq qozog‘istonlik vazir o‘rinbosari mamlakat O‘zbekistonga rasmiy xat yuborishi hamda Sardoba suv omboridagi to‘g‘onning o‘pirilishi borasida to‘liq ma’lumot berishni talab qilishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qozog‘iston Turkiston viloyatidagi suv toshqini sabab O‘zbekistonga diplomatik nota yo‘llamoqchi emas. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.

Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston hududidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi va Turkiston viloyatining qator aholi punklarini suv bosishi bilan bog‘liq vaziyat Qozog‘iston hukumatining alohida nazorati ostida.

Iz-za proriva dambi v Sirdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qozog‘istonning suv bosgan hududlarini qayta tiklashda yordam beradi

“Ikkinchi may kuni Qozog‘iston prezidentining O‘zbekiston rahbari bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishdi va ikki mamlakat hukumatining  muvofiqlashtirilgan ishi to‘g‘risida kelishib olishdi. Hukumatlar va toshqin oqibatlarini birgalikda bartaraf etishga oid chegaraoldi mintaqalar rahbarlarining yaqin hamkorligini inobatga olgan holda o‘zbek tomoniga Qozog‘iston TIV notasini yo‘llash masalasi o‘rin olmagan”, - deya Smadiyarov so‘zlaridan keltirgan Sputnik Qozog‘iston nashri.

Avvalroq Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Sergey Gromov mamlakat O‘zbekistonga rasmiy xat yuborib, Sardoba suv omboridagi to‘g‘onning o‘pirilishi borasida to‘liq ma’lumot berishni talab qilishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qozog‘istonning suv bosgan hududlarini qayta tiklashda yordam berishi va Turkiston viloyati hokimi Umirzak Shukeyev o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun chegarani ochishni so‘rayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0