Mirziyoyev va Berdimuhamedov “Sardoba” va COVID-19 masalasini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova
Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun, 6-may kuni, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Iz-za proriva dambi v Sirdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

Suhbat chog‘ida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari savdo, energetika, transport va tranzit, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani va samarali idoralararo aloqalar yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Hamkorlikka oid ustuvor loyihalarni, shu jumladan ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida ilgari surish maqsadida birgalikdagi sa’y-harakatlarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Muloqotda, shuningdek, mamlakatda Sardoba suv omboridagi favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat xususida ham fikr almashildi.

Mirziyoyev i Raxmon proveli peregovori v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Rahmon koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralarini muhokama qildi

Ushbu xavfli kasallikning oldini olish, shuningdek, bugungi murakkab davrda milliy iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash borasida birodar mamlakatlarda ko‘rilayotgan choralar to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Prezidentlar tegishli vazirlik va idoralarga virusga qarshi samarali kurashni tashkil etish masalalarida o‘zaro muvofiqlashuv va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq berdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka oid qator dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0