Qochqin jangari amerikaliklar Suriyada "ID" bilan hamkorlik qilayotganini aytdi

© Foto : Staff Sgt. Jacob ConnorAmerikanskie voyennoslujashie v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya
Amerikanskie voyennoslujashie v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriya va Iordaniya chegarasida Et-Tanfa tumanida AQSh harbiy bazasi o‘rin olgan. Baza atrofidagi amerika harbiylari nazorat qiladigan 55 kilometrli zonada qochoqlar lageri joylashgan.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Suriyadagi Et-Tanf bazasida faoliyat yurituvchi amerikalik harbiylar ID terroristik guruhi bilan faol hamkorlik qilmoqda, dedi rossiyalik jurnalistlarga hukumat qo‘shinlari tomoniga o‘tgan jangarilar guruhi qo‘mondoni Abu Xamziy.

Tanki tureskoy armii v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
"AQSh neftni o‘g‘irlamoqda, turklar esa Idlibga yurishmoqda": Suriyada nima boshlandi

Guruh AQSh harbiy bazasida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan, ammo yaqinda Bashar Asad bo‘linmalariga taslim bo‘lgan. Taslim bo‘lish oldidan ular tayanch punktini tark etganlar. Xabarlarda aytilishicha, qochoq jangarilar neft-gaz va transport obyektlarida diversiyalarni, shuningdek, Damashq nazoratida bo‘lgan hududlarda teraktlarni amalga oshirish uchun tayyorlangan.

"Amerikaliklar u yerlarni o‘zlarining hududlari, deb hisoblaydilar. Ular u yerda o‘zlarini shox kabi his qilishadi. Kapitan Mayk, ularning hammasi bir. <…> Ular "ID" vakillari bilan birga ishlaydilar, hamkorlik qiladilar. Ular "ID" jangarilari bilan birga ishlagan, ularni kiritgan, hozir ham ularni mashq qildirmoqda va birga ishlab kelmoqda", - dedi Abu Xamziy.

Qochqin jangari nomini tilga olgan kapitan Mayk uning instruktori bo‘lgan. Xamziyning instruktor amerika hukumati "suriyalik jangarilardan qay tarzda foydalanayotganidan" bexabar, "u faqat quroldan foydalanishni biladi" va undan qanday foydalanishni o‘rgatadi. Xususan, Abu Xamziy jangarilarni amerikaning 40- va 50- kalibrli pulemetlardan foydalanishni o‘rgatgan.

Suriya va Iordaniya chegarasida Et-Tanfa tumanida AQSh harbiy bazasi joylashgan. Baza atrofidagi amerikalik harbiylar nazorat qiladigan 55 kilometrli zona qochoqlar lageri joylashgan. Rossiya harbiylari, Rossiya va Suriya TIV vakillari bir necha marotaba lagerdagi ahvol gumanitar falokatga yaqinligini ta’kidlashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0