Putin Suriyadagi Rossiya harbiy bazasini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyadagi Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari aviatsiya guruhi 2015-yilning 30-sentabrida Suriya hukumatini terrorchilar bilan kurashda qo‘llab quvvatlash uchun operatsiyani amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

TOShKENT, 29-may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga Suriya tomoni bilan harbiy bazani kengaytirish borasida muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari farmoyishida aytilgan.

Tanki tureskoy armii v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
"AQSh neftni o‘g‘irlamoqda, turklar esa Idlibga yurishmoqda": Suriyada nima boshlandi

"Rossiya Federatsiyasi hukumatining Rossiya Federatsiyasi va Suriya Arab Respublikasi o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining aviatsiya guruhini 2015-yil 26-avgustda Suriya Arab Respublikasi hududida qo‘shimcha ko‘chmas mulk va akvatoriyani topshirish to‘g‘risidagi Bitimga 1-sonli Bayonnomani imzolash bo‘yicha taklifi qabul qilinsin", - deyilgan huquqiy-axborot internet-portalida e’lon qilingan hujjatda.

Qonunchilik loyihasiga prinsipial xarakterga ega bo‘lmagan tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Suriyadagi Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari aviatsiya guruhi 2015-yilning 30-sentabrida Suriya hukumatini terrorchilar bilan kurashda qo‘llab quvvatlash uchun operatsiyani amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Suriyada Rossiya harbiylari Xmeymim aviabazasida va Tartus portidagi harbiy-dengiz bazasida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0