Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida suv bosishi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

"Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy ta’ziya izhor qilib, jarohat olganlarning tez fursatda shifo topishini tiladi", - deyilgan rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya janubidagi Kusyu orolida sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kuchli sel kelib ko‘plab uylar suv ostida qolgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat oqibatida 57 kishi qurbon bo‘lgan, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Eng katta zarar Kumamoto prefekturasiga yetkazilgan. Shuningdek Kagosima, Oita va Fukuoka prefekturalari ham zarar ko‘rgan. 

Yangiliklar lentasi
0