Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkilotiga taklif bilan chiqdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po sifrovizatsii ekonomiki
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po sifrovizatsii ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, davlat rahbari 8-iyul kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning COVID-19 davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘llagan.

“Davlatimiz rahbari BMT shafeligida Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi”, - deyilgan xabarda.

Mirziyoyevning fikricha, ushbu kodeksda davlatlarning o‘z fuqarolari va xalqaro sheriklari oldidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar va inson huquqlari sohalaridagi eng kam shartlari va majburiyatlari belgilab qo‘yilishi kerak.

Xususan, birinchidan, cheklov choralari faqat vaqtincha, fuqarolar huquq va erkinliklariga majburiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak. Bunday choralar xalqaro savdoga, ayniqsa tibbiy mahsulotlarga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga to‘sqinlik qilmaslik bo‘yicha xavflarga mutanosib bo‘lishi shart.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zingizga va oila a’zolaringizga nisbatan beparvo va befarq bo‘lmang! - Mirziyoyev

Taklif qilinayotgan kodeksga prognoz qilish, tarqalishning erta bosqichlarini aniqlash, epidemiyaga qarshi turish va uning oqibatlarini kamaytirish choralari kiritiladi.

Mirziyoyev pandemiya mehnat xavfsizligini ta’minlash muhimligini ko‘rsatdi deb hisoblaydi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi kasallikka qarshi kurashning boshida turgan, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatgan tibbiyot xodimlariga tegishli.

Yangiliklar lentasi
0