Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon-bayram bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon-bayram bilan tabrikladi va ularning mamlakatdagi madaniy xilma-xillikka qo‘shayotgan hissalarini qayd etib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Qurbon-bayram bilan tabrikladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Prazdnik Kurban-Bayram v Moskovskoy Sobornoy mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Qurbon hayiti bu yil o‘zgacha o‘tadi

"Har bir musulmon uchun ahamiyatli bo‘lgan ushbu diniy bayram muqaddas Qur’on asosida yotgan taqvodorlik, adolat va rahmdillikning oliy ma’naviy ideallariga sadoqat ramzi, yaqinlarga  bo‘lgan muhabbat ramzi hisoblanadi. Shuni ta’kidlashni istardimki, azaliy islom an’analarini qo‘llab-quvvatlash orqali musulmonlar mamlakatimizning madaniy xilma-xilligini saqlashda salmoqli hissa qo‘shmoqdalar, jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga yordam bermoqdalar" - deyiladi Rossiya yetakchisi tabrigida.

Yangiliklar lentasi
0