Mirziyoyev Yerniyazov haqida: "U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi"

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident RUz Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova
Prezident RUz Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Yerniyazov dafn etilgan qabriston Qoraqalpog‘istonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantirilishini ta’kidladi. "Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna bo‘ladi", - dedi prezident.

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni Nukusga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qur’on tilovat qilindi.

Predsedatel Visshego Kengesha Respubliki Karakalpakstan Musa Yerniyazov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Yerniyazov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston xalqi og‘ir judolikka uchradi. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020-yil 31-iyul kuni vafot etdi. Marhum Nukus shahridagi "Shorsha baba" qabristoniga dafn etildi.

"Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining og‘zibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish bo‘yicha ko‘p ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni do‘stlari bilan birga albatta davom ettiramiz", - dedi davlat rahbari.

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova
Mirziyoyev Yerniyazov haqida: U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinishini ta’kidladi.

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova
Mirziyoyev Yerniyazov haqida: U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova

"Bu yerni Qoraqalpog‘istonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna bo‘ladi", - dedi prezident.

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova
Mirziyoyev Yerniyazov haqida: U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musi Yerniyazova
Yangiliklar lentasi
0