Pompeo toliblar bilan "kelishuv" haqidagi mish-mishlar tufayli RFga dag‘dag‘a qildi

© AFP / KEVIN LAMARQUEVizit gossekretarya SShA Maykla Pompeo v Uzbekistan
Vizit gossekretarya SShA Maykla Pompeo v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iyun oyi oxirida NYT nashri ismi sir saqlangan amerika razvedka xizmati vakillariga tayanib, Rossiya harbiy razvedkasi "Tolibon"ga aloqasi bo‘lgan jangarilarga Afg‘onistonda amerikalik harbiylariga hujum uyushtirish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar tarqatgan edi.

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo agar Rossiya toliblarga Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarning qotilligi uchun pul to‘lagan bo‘lsa, RF uchun bu "o‘ta qimmatga" tushishini aytib, tahdid qildi.

Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar AQShga qarshi Rossiya bilan til biriktirilganini rad etdi

"Agar ruslar amerikaliklar yoki umuman G‘arbdagi odamlar qotilligi uchun pul taklif qilishayotgan bo‘lsa, u holda bu ular uchun juda qimmatga tushadi. Men bu haqda tashqi ishlar vaziri (Sergey) Lavrov bilan gaplashdim. Bizning harbiylarimiz ularning yetakchilari (RF Mudofaa vazirligi rahbariyati - tahr.) gaplashishganidan xabardorman. Biz endi bunga toqat qilmaymiz", - deb aytgan Pompeo intervyuda. Intervyu matni davlat departamenti tomonidan tarqatilgan.

Iyun oyi oxirida The New York Times nashri ismi oshkor qilinmagan amerika razvedka xizmati vakillariga tayanib, Rossiya harbiy razvedkasi "Tolibon"ga aloqasi bo‘lgan jangarilarga Afg‘onistonda amerikalik harbiylarga hujum uyushtirish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabarni tarqatgan edi. Nashr bu borada birorta dalil keltirmagan.

Amerikancha “Tolibongeyt” - bu fitnaning maqsadi nima?

Rossiya TIV maqolani uydirma, deb atadi, tashqi siyosiy mahkama rahbari Sergey Lavrov esa ushbu ayblovlarni Qo‘shma Shtatlarda saylovlar oldidan ro‘y berayotgan ichki siyosiy kurash bilan bog‘ladi.

Prezident Donald Tramp, o‘z navbatida maqolani buyurtma, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerika razvedkasi New York Times xabarini ishonchga sazovor, deb topmagan. Pentagondagilar ham "kelishuv" tasdiqlariga ega emasligini ta’kidlashgan.

"Tolibon" radikal harakati siyosiy ofisi rasmiy vakili Suxayl Shaxin RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya bilan "kelishuv" haqidagi xabarlarni "xato va asossiz ma’lumot", deya atagan. Shaxinning aytishicha, bu ma’lumotlar Afg‘oniston milliy xavfsizlik departamentidan chiqqan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0