Hindiston vakili norozilik ramzi sifatida ShHT uchrashuvini tark etdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokiston vakili Hindistonning bir qismi o‘z hududiga kiritilgani aks etgan xaritani ko‘rsatganidan so‘ng Hindiston vakili ShHT uchrashuvini tark etdi. 

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. ShHT a’zolarining milliy xavfsizlik vakillari uchrashuvi vaqtida Hindiston vakili norozilik ramzi sifatida majlislar zalini tark etdi. Ushbu hodisa Pokiston delegatsiyasi o‘z mamlakatining yangi xaritasini namoyish etganidan so‘ng sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Ushbu namoyish majlik o‘tkazish normalarini buzish va uchrashuv tashkilotchisi tomonidan berilgan maslahatni mutlaq mensimaslikni namoyish etdi.Qabul qiluvchi tomon bilan o‘tkazilgan maslahatlardan so‘shng Hindiston tomoni norozilik namoyishi sifatida uchrashuvni ushbu bosqichda tark etdi", - deyilgan Hindiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Pokiston yangi bosh vzairi Imran Xan mamlakatning yangi xaritasini taqdim etgan edi. Unda Hindistonning Jamma va Kashmir shtatlari hamda Junagad shahri Pokiston tarkibiga qo‘shilgan holda aks ettirilgan. Hindiston ushbu namoyishni hech qanday yuridik kuch va xalqro obro‘ga ega bo‘lmagan "siyosiy bema’nilik namoyishi" deb atagan edi.  

2019 yilning 5-avgustida Hindiston hukumati Jamma va Kashmir shtatlarini konstitutsiya tomonidan belgilangan maxsus maqomini o‘zgartirishga qaror qilgan edi. Ushbu qaror Pokiston hukumatining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Hindistonning Kashmir shtati aholisining aksariyati musulmonlar tashkil qiladi. U yerda separatistlar harakati faolligida Dyu Deli  Pokiston hukumatini ayblamoqda. Islamabad esa ayblovlarni inkor etib kelmoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0