Putin BMT Bosh Assambleyasi uchun murojaatni bugun yozadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilda karantin cheklovlari tufayli debatlarni oldindan yozilgan videochiqishlar formatida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni BMT Bosh Assambleyasi uchun murojaat yozadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Kreml matbuot-xizmatiga tayanib.

Budda v zashitnoy maske na graffiti v Mumbae - Sputnik O‘zbekiston
BMT COVID-19ni tashkilot tarixidagi eng ulkan muammolardan biri deb tan oldi

Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasi birinchi kunida tadbir ishtirokchilariga video orqali murojaat qiladi, deb xabar bergandi bir oz avval RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Oliy darajadagi haftalik 22-sentabrdan 29-sentabrgacha bo‘lgan kunlar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda karantin cheklovlari tufayli debatlarni oldindan yozilgan videochiqishlar formatida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

"Sessiyaning yubiley xarakterini hisobga olgan holda mamlakatimiz delegatsiyasiga RF prezidenti rahbarlik qiladi, u tadbirning birinchi kunida videomurojaat qilishi kutilmoqda", - deb ma’lum qilgan Zaxarova.

Putinning murojaatidan so‘ng RF TIV rahbari Sergey Lavrovga delegatsiya rahbari vazifalari yuklatiladi.

Yangiliklar lentasi
0