Xorazm viloyatiga prokuror tayinlandi

© Press-slujba xokimiyata Xorezmskoy oblastiBotir Kudratxodjayev naznachen prokurorom Xorezmskoy oblasti.
Botir Kudratxodjayev naznachen prokurorom Xorezmskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Botir Qudratxodjayev 2017-yil iyunidan hozirga qadar Majburiy ijro burosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Farhod Ermanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Unda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Botir Qudratxodjayev bungacha Toshkent shahri prokurori bo‘lgan (2016−2017), undan avvalroq Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan (2014−2016).

U 2017-yil iyunidan hozirga qadar Majburiy ijro burosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil fevralidan  hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namanganga prokuror etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0