AQSh prezident saylovida Bayden g‘alaba qozonmoqda 

© AFP 2023 / ANGELA WEISSDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayden aytishiga qragandan prezident saylovida uning foydasiga 74 milliondan ortiq kishi ovoz bergan. Bu Amerika tarixida har qanday prezident to‘plagan ovozlardan ko‘proq.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. AQSh prezidenti saylovida Demokratik partiya nomzodi Jo Bayden o‘zining g‘alaba qozonayotganini ma’lum qildi, RIA Novosti xabariga asosan.  

"Biz hali g‘alaba haqida e’lon qilishga tayyor emasmiz, lekin raqamlar biz ushbu poygada g‘alaba qozonayotganimizni bildirmoqda. Biz Arizonada g‘alaba qozonmoqdamiz, Biz Nevadada g‘alaba qozonmoqdamiz. Biz 300dan ortiq saylovchilar to‘plashga tayyormiz", - dedi Bayden. 

Bayden aytishiga qragandan prezident saylovida uning foydasiga 74 milliondan ortiq kishi ovoz bergan. Bu Amerika tarixida har qanday prezident to‘plagan ovozlardan ko‘proq.   

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan edi. Saylovchilar ovozlari barcha shtatalarda hali hisoblab chiqilmagan bo‘lsada, hozircha saylovda Jo Bayden  yetakchilik qilmoqda. To‘liq g‘alabaga erishish uchun unga yana 6 nafar saylovchining ovozi kerak. 

Tramp esa bir necha shtatalarda saylov qonunchiligi buzilishiga yo‘q qo‘yilganini aytib sudga murojaat qilgan. Ayni damda AQSh Oliy sudi Pensilvaniya shtatida o‘z vaqtida olingan bulletenlarni alohida saqlash haqida qaror chiqargan. 

 

Yangiliklar lentasi
0