Prezident O‘zbekiston xalqini Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolari hamisha o‘z davlati va Konstitutsiyasi himoyasida bo‘lishi va bu tamoyil bundan buyon ham qat’iy amalga oshirilishini qayd etgan.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28-yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

“Dunyo miqyosida avj olgan koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimlarni keng miqyosda o‘tkazishning, afsuski, imkoni bo‘lmayapti. Lekin, shunga qaramasdan, bu bayramning ruhi va shukuhi qalblarimizda, yuraklarimizda davom etmoqda. Bu ayyom yurtimizning mehnat jamoalari, ta’lim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda. Ana shu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda”, - deyilgan tabrikda.

Prezident “Yangi O‘zbekiston” degan ibora xalqaro maydonda nafaqat yangi tushuncha, balki real ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilinayotganini ta’kidlagan.

“Konstitutsiyamiz yaratib bergan ulkan huquqiy imkoniyatlarning samarasi bo‘lgan bunday yutuq va natijalar barchamizga albatta yuksak g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”, - deya qo‘shimcha qilgan u.

Turma. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 100 nafardan ziyod mahkumni afv etdi

Davlat rahbari “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan, Konstitutsiya va qonun ustun bo‘lgan samarali va barqaror tizim shakllanayotganini ta’kidlagan.

“Ana shunday konstitutsiyaviy poydevorga asoslangan ushbu tizim dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda turli tahdid va sinovlar, jumladan, global pandemiyaga qarshi kurashda, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlarning oqibatlarini bartaraf etishda o‘zini to‘la oqladi”, - deyiladi prezident tabrigida.

Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolari hamisha o‘z davlati va Konstitutsiyasi himoyasida bo‘lishi va bu tamoyil bundan buyon ham qat’iy amalga oshirilishini qayd etgan.

“Bir haqiqat hammamizga ayon bo‘lishi kerak: barcha sohalarda amalga oshirayotgan islohotlarimiz qatori jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, o‘zini o‘zi tanqid va demokratik yangilanish jarayonlari endi hech qachon ortga qaytmaydi va biz bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz”, - deyiladi tabrikda.

Prezident xalq hayotini yanada obod va farovon qilish, mamlakatda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish – davlat va jamiyatning bosh vazifasi ekanini urg‘ulagan.

Yangiliklar lentasi
0