O‘zbekiston prezidenti Nazarboyev va Toqayevga tabrik yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti va respublikaning amaldagi prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti - elboshi Nursulton Nazarboyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

29 yil ilgari, 1991-yil 16-dekabr kuni respublika Oliy kengashi mustaqillik va Qozog‘iston davlat suvereniteti to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan edi.

2020 yilda koronavirus pandemiyasi sabab Qozog‘istonda ommaviy sayr va turli tadbirlar taqiqlangan. Qozog‘istonliklar bayramga bag‘ishlangan konsert dasturini respublika telekanallarida tomosha qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0