Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni g‘alaba bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishSadir Japarov
Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Sadir Japarov bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 12 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
Mirziyoyev Sadir Japarovni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi hamda Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
O‘z navbatida, Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga zamonaviy xatarlarni yengib o‘tishda va koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashishda qardosh Qirg‘izistonga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev kelayotgan yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish davri bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
Bular, avvalo, Davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi qo‘shma ishlarning natijadorligini oshirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani kuchaytirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvni kengaytirish, samarali transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari va boshqalar.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar doirasida aniq va konstruktiv muloqotni davom ettirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Suhbat ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0