Rossiya va AQSh orasida munosabatlar vektori o‘zgarmoqda – siyosatchi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat”
Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh yangi prezidenti Jo Bayden, inaguratsiyadan keyin darhol SNV-3 shartnomasini uzaytirishni niyat qilgan.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. AQSh yangi ma’muriyati 5-fevralga qadar SNV-3 shartnomasini uzaytirishni niyat qilgan. Plexanov nomidagi REU Siyosatshunoslik fakultetti rahbari, siyosatchi Andrey Koshkin aytishiga ko‘ra, Oq Uyning yangi jamoasi SNV-3 shartnomasi muddatini uzaytirish tarafdori bo‘ladi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari cheklanishiga rozi bo‘lmaydi.
“Bayden ma’muriyatining ushbu rejasini faqat qo‘llab-quvvatlash mumkin. Ushbu  qadam qandaydir ma’noda AQSh va Rossiya Federatsiyasi orasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalar vektorini ham o‘zgartiradi. AQSh rahbariyatining ushbu harakati – strategik yadroviy qurollanishni cheklashga qaratilgan yangicha siyosatining boshlanishi bo‘ladi va kelajakda yangi, davlatlar yadroviy qurollarini to‘liq nazorat ostida saqlab turuvchi shartnomalarga olib kelishi mumkin”, - dedi Koshkin.    
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va AQSh orasida imzolangan SNV-3 shartnomasi 2011-yilning 5-fevralida kuchga kirgan edi. Unga ko‘ra 7-yil ichida quruqlikdagi, samolyotlar va suv osti kemalaridagi  yadroviy qurol hajmi 700 kontinetlararo ballistik raketalardan, 1 550 jangovar bosh va 800 ta uchiruvchi ustanovkadan oshmaydi.
Ayni damda SNV-3 - Rossiya va AQSh orasida amal qilayotgan, qurol-yarog‘ miqdorini cheklashga qaratilgan yagona shartnomadir. Uning muddati 2021-yilning 5-fevralida tugaydi.
Yangiliklar lentasi
0