Toshkent shahar IIBBda tayinlovlar amalga oshirildi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar va IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshliq tayinlandi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ikkita yangi tayinlov amalga oshirildi.
Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Xolmatov Timur Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Shu bilan birga, polkovnik Husniddin Shamsutdinov Toshkent shahar IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0