Yevroparlament Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi rezolyutsiya qabul qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGlavnoe zdanie Soveta Yevropi v Strasburge
Glavnoe zdanie Soveta Yevropi v Strasburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroparlament YeIning barcha a’zolariga Rossiya bilan munosabatlarni tanqidiy nazardan qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi va "Shimoliy oqim-2"ni to‘xtatishga chaqirdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Yevropa Parlamenti Rossiyada muxolifatchi Aleksey Navalniyning hibsga olinishidan so‘ng “Shimoliy oqim-2” qurilishini to‘xtatishni va Moskvaga qarshi sanksilarni kuchaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Rossiyaga qarshi rezolyutsiyani qabul qilishga 581 nafar deputat rozi bo‘ldi. Qarshi bo‘lganlar - 50 kishi va beteraflar - 44 kishini tashkil qildi. Yevroparlamentning ushbu rezolyutsiyasi  deklaratib xarakterga ega bo‘lib, u Ittifoq a’zolaridan majburiy harakatlarni talab qilmaydi, lekin YeIning boshqa organlari o‘z qarorlarida ushbu rezolyutsiyani nazarda tutishlari kerak bo‘ladi.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi
“Yevroparlament YeI a’zolaridan Rossiya bilan hamkorlikni tanqidiy nuqtayi nazardan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi”, - deyilgan hujjatda.
Undan tashqari rezolyutsiya Moskva bilan munosabatlarda, fuqaro hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlovchi yangi strategiya ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan.
Shu bilan birga Yevroparlament Moskvada Aleksey Navalniyni va uning jamoasi a’zolarini darhol ozod qilishni talab qilgan. Undan tashqari YeP muxolifatchini hibsga olish ortida turgan barcha jismoniy va yuridik shaxslarga, Kreml bilan bog‘liq bo‘lgan oligarxlarga va ularning oila a’zolariga nisbatan ham sanksiyalar kiritishni talab qilgan.
Yevropa qonunchiligiga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalar faqat YeIning barcha 27 a’zosi ma’qullagandagina kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning avgustida Navalniy kuchli zaharlanish oqibatida Omsk shahri kasalxonasiga olib kelinadi. U yerda shifokorlar uning hayotini saqlab qolishadi, lekin hech qanday zaharlanish izi topa olishmaydi. Shundan so‘ng Navalniyning rafiqasi iltimosiga binoan maxsus samolyotda muxolifatchi Germaniyaning “Sharite” klinikasiga ko‘chiriladi.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishga asos yo‘q - Lavrov
2020 yilning oktabr oyida Yevroparlament ilk bor Navalniyning zaharlanishida Rossiya hukumatini ayblagan edi. O‘sha vaqtda “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatish haqida dastlabki muhokamalar boshlangan edi.
17 yanvarda Rossiyaga qaytib kelgan Aleksey Navalniy aeroportda hibsga olinib, sud qaroriga ko‘ra 30 kunlik tergovgacha saqlash izoliyatoriga joylashtiriladi. Rossiyada muxolifatchi bir qator ma’muriy va jinoiy qoidabuzarliklarda, jumladan katta miqdordagi mablag‘larni talon-taroj qilishda ayblanmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘tgan haftada bergan katta intervyusida Yevropa Ittifoni Rossiyaga qo‘ygan ayblovlari bo‘yicha bororta ham dalil keltra olgani yo‘q. Rossiyaning ushbu ishni birgalikda o‘rganish taklifini esa rad etmoqda, deb javob bergandi.
O‘z navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov – Kreml bu mavzuda G‘arb bayonotlariga quloq solmasligini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0