Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOII davlatlariga Transafg‘on temir yo‘lini birgalikda qurishni taklif qildi

© Foto, Iz lichnogo arxiva A.KnyazevaPogranichniy "Most Drujbi" Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe
Pogranichniy Most Drujbi Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YeOII davlatlarini Transafg‘on temir yo‘li qurilishiga qo‘shilishni taklif qildi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YeOII davlatlariga Transafg‘on temir yo‘li qurilishiga qo‘shilishni taklif qildi.
Flagi Kirgizstana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidentini O‘zbekistonga taklif etdi
O‘zbekiston 2020-yil dekabrdan beri ittifoqda kuzatuvchi-davlat.
"Bizning fikrimizcha, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi - infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirishdir, masalan, Transafg‘on temir yo‘lini qurish singari", - dedi Aripov o‘z nutqida. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltiradi.
Uning fikriga ko‘ra, YeOIIning bu loyihadagi ishtiroki ittifoq davlatlariga xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish, yuklarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va "eng muhimi - yangi istiqbolli savdo bozorlariga chiqish" imkonini beradi.
Seshanba kuni O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston hukumatlari “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yo‘lini qurish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, loyihani may oyida tayyorlash rejalashtirilgan, yo‘l qurilishi esa sentabrda boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil dekabrda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh va moliyaviy konsorsium tashkil qilish haqida kelishib olingandi. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, loyiha - 5 milliard dollar. Temir yo‘li uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Yangi temir yo‘ldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin bo‘ladi.
Kelajakda temir yo‘li Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Yevropagacha bo‘lgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0