Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov
Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
Ayni damda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat TIV matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Press-konferensiya S. Japarova po itogam viborov v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2021
“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga o‘xshagan yetakchilar ko‘p bo‘lganmi?
22 fevral kuni bo‘lib o‘tgan onlayn muzokarada Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyozaliyev va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev bo‘lajak tashrifni muhokama qildilar.
"Tomonlar Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifini tayyorlash, mazmuni va o‘tkazilishiga alohida e’tibor berishdi", - deyilgan xabarda.
Hozircha rasmiy tashrif sanasi haqida ma’lum berilmadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilovning Qirg‘izistonga amaliy tashrifi kutilayotganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0