Tohir Malik: «Futbolchilarimizning bo‘yniga omoch boylab dalada qo‘sh haydatish kerak”

Obuna bo‘lish
"Bizning dumbul futbolchilarimizning eng yaxshisi ham 5 kilometr zo‘rg‘a yuguradi. Kechayam yutqizishdi-ku. Ularning bo‘yniga omoch boylab, dalada qo‘sh haydatish kerak", - deydi hurmatli adibimiz Tohir Malik.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. 17-yanvar kuni “Kitob olami” markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Mehmon tuyg‘ular”, “Falak” va “Zulmat saltanati” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yozuvchi o‘zbekistonlik futbolchilar haqida ham fikr bildirdi. Uning so‘zlarini “Ziyouz.uz” asoschisi, jurnalist Davronbek Tojivaliyev Facebookdagi sahifasida keltirib o‘tdi.

O‘zbekiston va Iroq jamoasi o‘yini - Sputnik O‘zbekiston
Osiyo chempionati U-23 - O‘zbekiston guruhdan chiqish imkonini yo‘qotdi

"Bugungi uchrashuvda Tohir Malik domla tanbal futbolchilarimiz haqida haqli fikr bildirdilar:

«Messi, Ronaldu degan futbolchilarning maydondagi har bir hatti-harakatini kompyuter hisoblab boradi. Ular bitta o‘yinda 15-16 kilometr yugurarkan. Tinimsiz mehnat qiladi. Shuncha yugurganiga yarasha, natijasi ham yaxshi bo‘ladi. Bizning dumbul futbolchilarimizning eng yaxshisi ham 5 kilometr zo‘rg‘a yuguradi. Shunga yarasha natijani ham ko‘raverasizlar. Kechayam yutqizishdi-ku. Ularning hammasining bo‘yniga omoch boylab, dalada qo‘sh haydatish kerak. Sizlar shular kabi tanbal bo‘lib qolmanglar!»

 

Yangiliklar lentasi
0