Toshkentda saylovni yoritish uchun birinchi bor press-klub ochildi

© Sputnik / StringerPress-klub "Saylov.uz-2016"
Press-klub Saylov.uz-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini yoritish uchun dunyoning 20 mamlakatidan 1300ga nafar jurnalist akkreditatsiya qilingan. Undan tashqari barcha mahalliy OAVlar vakillari ushbu tadbirga jalb qilingan.

TOShKENT, 30 noya — RIA Novosti. Prezident saylovini yoritish uchun xizmat qilayotgan mahalliy va xalqaro jurnalistlarning professional faoliyati uchun qulay infratuzilma yaratish uchun bugun Toshkentdagi International mehmonxonasida press-klub ochildi.

O‘zbekistonda 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini yoritish uchun dunyoning 20 mamlakatidan 1300ga nafar jurnalist akkreditatsiya qilingan. Undan tashqari barcha mahalliy OAVlar vakillari ushbu tadbirga jalb qilingan. 

"Yaqin besh kun ichida ushbu zal eng muhim suhbatlar maydoni bo‘ladi. Suhbatlar nafaqat saylov haqida bo‘lib, balkim bu yerda qiziq insonlar bilan tanishish, ularga turli savollar berish, O‘zbekiston hududlari va u yerda yashayotgan turli millat vakillari bilan tanishish mumkin bo‘ladi", — dedi press-klub ochilishida Senat tashqi siyosiy masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev.

Press-klub tashkilotchisi O‘zbekiston elektron OAVlar Milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) xabariga ko‘ra ushbu markaz yuqori tezlikda internet aloqasiga ulangan 80ta kompyuter, Wi-Fi aloqasi, malakatdagi 10ta hududiy nodavlat telestudiyalar bilan bog‘lanish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek Markaziy saylov komissiyasining matbuot-xizmati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘lga qo‘yilgan.

"Biz mulk  shaklidan qat’iy nazar barcha  xorijiy va milliy  OAV uchun  mutlaqo ochiqmiz. <…> Jurnalistlar  press-klubda turib, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekiston saylov  jarayoni voqealari markazida bo‘ladilar», — dedi  press-klub rahbari, EOAVMA boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov.

Mazkur loyiha ijtimoiy-fuqarolik  tashabbusi hisoblanadi. Bu multimedia maydoni O‘zbekiston Elektron OAV Milliy  assotsiatsiyasi va bir necha mahalliy OAVlar tomonidan tashkil etilgan. O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi loyihani texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlangan.

Yangiliklar lentasi
0