Odil Axmedov Namanganda futbol akademiyasi ochadi

© AFP 2023 / JUNG YEON-JEOdil Axmedov v igre so sbrnoy Yujnoy Korei
Odil Axmedov v igre so sbrnoy Yujnoy Korei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odil Axmedov, hozir buni tasavvur qila olmayotgan bo‘lsada, uning o‘zi ham bir kun kelib futbol treneri bo‘lib ishlashi mumkinligini ehtimoldan xoli qilmadi.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiyaning “Krasnodar” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi Odil Axmedov “Oriyat dono” radiosiga bergan intervyusida kelasi yil Namangan viloyatida futbol akademiyasi ochish rejasi borligini xabar qildi.

Futbolchi aytishiga qaraganda, ushbu loyiha ustida Namangan viloyati hokimiyati bilan birgalikda ish olib borilmoqda.

“Oldin Vodiydan ko‘plab yetuk futbolchilar chiqar edi, lekin hozir biz bu bilan mag‘rurlana olmaymiz. Shuning uchun ham, biz Namangan hokimi bilan birgalikda ushbu akademiyani ochmoqchimiz. Xudo xoxlasa kelasi yil yozda butun vodiy bo‘ylab yosh futbolchilar tanlovi o‘tkazamiz. Eng yaxshilarini biz akademiyamizga taklif qilamiz”, — dedi Odil Axmedov.  

"Asosiysi, biz qobiliyatli o‘yinchilarga diqqatni qaratmoqchimiz. Bilasizmi, yosh futbolchilar uchun asosiysi – bu bor kuch-g‘ayratini ayamaydigan ustoz. Afsuski, hozir bunday ustozlar kam. Bugungi kunda ko‘plab trenerlar bolalarga to‘p berib qo‘yib, shu bilan pul ishlamoqda. Shuning uchun ham biz akademiyaga tajribali chet ellik mutaxassilarni taklif qilmoqchimiz. Masalan, biz bu borada “Krasnodar” bilan allaqachon kelishib qo‘yganmiz. Chet ellik mutaxassislar o‘z tajribalarini yoshlar bilan  baham ko‘rishadi. Undan tashqari bizning ham yosh mutaxasslarimiz boshqa mamlakatlarga borib tajriba orttirishlari mumkin. Menimcha, shunday yo‘l bilan kerakli natijaga erishishimiz mumkin", — deb qo‘shimcha qildi futbolchi.

Odil Axmedov, hozir buni tasavvur qila olmayotgan bo‘lsada, uning o‘zi ham bir kun kelib futbol treneri bo‘lib ishlashi mumkinligini ehtimoldan xoli qilmadi.

Yangiliklar lentasi
0