O‘zbekiston xalq rassomining rafiqasi o‘z uyini buzib tashlanishdan himoya qilmoqda

© Foto iz lichnogo arxiva Mayram KuzibayevoyRassom Kuzibayev uyi
Rassom Kuzibayev uyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buzib tashlash ishlaridan O‘zbekiston xalq rassomi Nig‘mat Kuzibayevning rafiqasi ham jabr ko‘rdi. Uning uyida taniqli rassomning ko‘plab asarlari mavjud bo‘lib, uy kadastrida yo‘l qo‘yilgan xato tufayli musavvirning uy tom qismi olib tashlandi

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Toshkent shahar Musavvirlar ko‘chasida uyga mulkka egalik qilish hujjatlari bo‘lishiga qaramasdan uy oldidagi kichik bog‘lar, garajlar, bir necha musavvirlar avlodi ijod qilgan rassomlar ustaxonalari buzib tashlanmoqda.

Inshootlarni buzilishi tuman hokimi Sherzod Kudbiyevning ushbu tumanga tashrifidan so‘ng boshlangan. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ko‘cha qatnov yo‘lga qo‘yiladigan ko‘chaga aylantiriladi. Garaj buzilishi to‘g‘risida esa fuqarolarga 10 kun oldin bildirish xatlari yuborilgan (qonunchilikka asosan bunday ogohlantirishlar 6 oy oldin berilishi kerak).

Ushbu ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqarolarning aytishicha, O‘zbekiston xalq rassomi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti asoschilardan biri bo‘lgan Nig‘mat Kuzibayev uyining tom qismi olib tashlash boshlangan.

Hozirgi kunda bu xonadonda rassomning 80 yoshli rafiqasi Mayram Kuzibayeva oilasi bilan istiqomat qilmoqda. Kuzibayevaga sudga chaqiruv qog‘ozi yuborilgan, lekin u bir necha yildan beri mustaqil ravishda harakatlana olmasligi tufayli sud yig‘ilishiga bora olmagan. Qarindoshlarining tuman hokimiga murojaat qilishga urinishlari esa hech qanday natija bermagan.

Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, rassom Kuzibayevning ustaxonasida hozirgi kunda ko‘plab san’at asarlar mavjud. Uyning tomi olib tashlangani tufayli, asarlar yog‘ingarchiliklar ostida qolgan. Qarindoshlar asarlar va arxivlarni yog‘ingarchiliklardan himoya qilish bilan ovora.

© Foto iz lichnogo arxiva Mayram KuzibayevoyTerritoriya vozle doma xudojnika Kuzibayeva v Tashkente
Territoriya vozle doma xudojnika Kuzibayeva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Territoriya vozle doma xudojnika Kuzibayeva v Tashkente

Kuzibayevaning so‘zlariga ko‘ra, uy rassomlik studiyasi bilan birgalikda 1978-1989 yillarda mutasaddi idoralar (Tashgoispolkom, GlavAPU, Tashgiprogora) kelishilgan holda va Moskva tasviriy san’at jamg‘armasi tomonidan ajratilgan pul mablag‘lari hisobiga barpo etilgan. Kadastrga 1996-yildan 2009-yilda kiritilgan. Barcha qurilish bo‘yicha o‘sha yillarning xat hujjatlari saqlab qolingan.

Kuzibayevaning so‘zlariga ko‘ra, u 2017 yil 13-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining xatini  olgan. Ushbu uy yaqinidagi yo‘l kengaytirilishi paytida uy fasadi standartga mos emasligi aniqlangan va sud orqali buzib tashlash talab qilingan.

"Ularga fasad yoqmadi, u boshqa uy va kottejlardan 1-2 metr baland. Lekin biz o‘sha vaqtda shu mo‘ljal bilan qurgan edik. Bu masala bo‘yicha sud bizning ishtirokimizsiz bo‘lib o‘tdi. Hozir men advokat yolladim. Advokatning menga mening ishtirokimsiz qabul qilingan qaror noto‘g‘ri ekanligini aytdi. Biz Toshkent shahar sudiga arz qildik, sud yig‘ilishi 23-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Sudga shaxsan hokimning o‘zi ariza berganligi uchun mazkur ish nima bilan yakunlanishini bilmayman. Menga berilgan qarorga ko‘ra, men o‘z kuchim bilan uyni bo‘shatishim kerakligi bayon etilgan. Mening asosli qarshiligimga qaramasdan uy tomi olib tashlandi", — deb shikoyat qildi Kuzibayeva.

Kuzibayeva advokati so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda sud qaroriga ko‘ra uy buzilishi to‘xtatilgan va kassatsion shikoyat tayyorlangan. Shikoyat 23-iyun kuni Toshkent shahar xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. "Biz ijro etishni to‘xtatish haqida qaror olganmiz. Ayni paytda, uy tomi olib tashlangan va plitalar bilan o‘ralgan. Uyning ikkinchi qavatida 300 dan ortiq asarlar mavjud bo‘lib, ular ustiga kutilmagan vaqtda yong‘ingarchilik tushish mumkin", — deb ta’kidladi advokat.

O‘zbekiston halq rassomi, akademik Nig‘mat Kuzibayev Mirzabayevich 40-yildan ortiq A.Ostrovskiy nomidagi tasviriy san’at va teatr instituti (hozirgi Kamollidin Bekzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti) o‘qituvchilik faoliyatiga bag‘ishlagan.

© Foto iz lichnogo arxiva Mayram Kuzibayevoy"Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro" kartinasi
Kartina xudojnika Kuzibayeva Alisher Navoi i sultan Xuseyn Baykaro - Sputnik O‘zbekiston
"Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro" kartinasi

Uning asarlari, ko‘plab shaxsiy kolleksiyalarda va chet el muzeylarida saqlanmoqda, shularda eng asosiylari O‘zbekiston san’at muzeyi, Alisher Navoi nomidagi davlat Adabiyot muzeyi (Toshkent), I.Saviskiy nomidagi davlat San’at muzeyi (Nukus), Sharq davlat muzeyi va Tretyakov galereyasida (Moskva) saqlanmoqda.

Halq rassomining eng taniqli bo‘lgan asarlari: "Amir Temur", "Abu Ali ibn Sino", "Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro", "Bobur", "Al Xorazmiy", "Mirzo Ulug‘bek", "Nadirabegim", "Buyuk ipak yo‘li", "Shohizinda — Samarqand", "Oq tosh", "Tog‘da", "Isfara. Kuz", "Tog‘da bahor", "Chorvoq", "Kuz", "Oqtoshda oltin kuz" nomli asarlardir.  

Rassom qarindoshlari uy buzib tashlash ishlari to‘xtatilishi va halq rassomi yashab ijod qilgan uyda yondorlik muzey-uyi tashkil etish va unga barelyef taxtasi o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqilishiga umid qilishmoqda.

 

© Foto iz lichnogo arxiva Mayram KuzibayevoyRassom Kuzibayev uyi oldi hududi
Territoriya vozle doma xudojnika Kuzibayeva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Rassom Kuzibayev uyi oldi hududi

 

Joriy yilning aprel oyida Toshkent hokimiyati ma’muriyati avtotransport vositalarini saqlash joylarini tartibga solish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmui loyihasini ishlab chiqilgan edi. Hujjat loyihasida mazkur turargohlar o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli parking va bepul ochiq avtoturargohlar barpo etish taklif qilingan edi. Ma’muriyat buning uchun ikki, uch va olti qavatli maxsus parking loyihalarini ishlab chiqqildi.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yil aprelda poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonov shahardagi barcha garajlarni buzib, o‘rniga zamonaviy avtoturargohlar qurish haqida qaror imzolagandi. O‘shanda 40 mingdan ortiq garaj buzilishi rejalashtirilgandi (2013 yilda — 23 073 ta va 2014-yilda —17 753 ta). Biroq qaror poytaxtliklarning keskin e’tiroziga sabab bo‘lgach, hokim bu boradagi ishlarni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. O‘sha vaqtda quruvchilar tomonidan 11 minga yaqin garajlar buzib tashlangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0