Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari uchun bepul gazeta nashrdan chiqdi

© Foto : Botirjon Shermatov Gazeta "Migrant"
Gazeta Migrant - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"MIGRANT" gazetasidan Rossiyada mehnat qilib yurgan o‘zbekistonliklar uchun mo‘ljallangan qiziqarli va foydali ma’lumotlar o‘rin olgan

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘zbek va rus tillaridagi bepul "MIGRANT" gazetasining nishona soni nashrdan chiqdi.

Saxarovodagi migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Saxarovodagi Migratsiya markazi o‘z saytida o‘zbek tilida ma’lumotlar joyladi

"MIGRANT" gazetasi Rossiyada mehnat qilib yurgan o‘zbekistonliklar uchun mo‘ljallangan qiziqarli va foydali ma’lumotlar o‘rin olgan.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasi hududida haydovchilik guvohnomalari, Rossiyada ishlash va yashash uchun zarur bo‘lgan registratsiyadan o‘tish, imtixon topshirish, patent olish bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

Shuningdek, ushbu bepul gazeta orqali chet elliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari haqida e’lonlar berayotgan Yagona Migratsiya Markazi faoliyati, ko‘rsatilayotgan boshqa xizmatlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berilgan.

Shuningdek, rus tili imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotganlar esa test namunalaridan foydalanib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Gazetani Moskva va Moskva viloyatidagi migratsiya markazlari, Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi oldida, "LeksMobayl" yuridik markazi, o‘zbek milliy taomlari choyxona va kafelardan topish mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0