O‘zbek armiyasi tasarrufidagi AQSh zirhli texnikalarini ilk bor namoyish etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosetiteli voyennoy vistavki
Posetiteli voyennoy vistavki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namoyish o‘ziga xos shou tarzida bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Toshkentda chorshanba kuni o‘zbek armiyasi tarixida ilk marta mavjud jangovar texnika namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Namoyishda Amerika zirhli mashinalari diqqat markazida bo‘ldi. 320 birlikdan iborat mazkur texnika O‘zbekistonga AQSh armiyasi tomonidan 2015-yilda beg‘araz asosda berilgandi.

Bundan tashqari, mamlakat qurolli kuchlariga qarashli, GAZ-66 va Zil-131 negizidagi taktik-texnik mashinalar, BTR-80 zirhli mashinasi, 120-millimetrli gaubitsa, 23-millimetrli qo‘shaloq zenit qurilmasi, 120-millimetrli o‘ziyurar aviadesant qurilmasi namoyish qilindi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoyennoslujashiy VS RUz
Voyennoslujashiy VS RUz - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashiy VS RUz

Shuningdek, maxsus vazifalar bajaruvchi askarlar ham ommaning alohida qiziqishiga sazovor bo‘ldi. Bu yerda shuningdek, dala oshxonasi ham faoliyat ko‘rsatdi va sovuq qotgan tomoshabinlarga issiq choy tarqatildi.

Namoyish o‘ziga xos shou tarzida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston armiyasi bo‘linmalari safda yurish, qo‘l jangi texnikasi, o‘qotar qurollardan foydalanishdagi mahoratlarini ko‘rsatib berishdi.

Bundan tashqari, 30-millimetrli avtomatik granatomot, Rossiyada ishlab chiqarilgan yirik kalibrli o‘zi o‘qlanuvchi OSV-96 snayper vintovkasi, Dragunov snayper vintovkasi hamda dunyoga mashhur AK-47 avtomati va tankka qarshi ko‘p marta qo‘llaniluvchi RPG-7 granatomotlari namoyish qilindi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosetiteli voyennoy vistavki
Posetiteli voyennoy vistavki - Sputnik O‘zbekiston
Posetiteli voyennoy vistavki

Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida o‘tkazildi.

Jahon xalqaro institutlari muntazam ravishda chop etiladigan ma’ruza va hisobotlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini MDHdagi eng kchli armiyalardan biri deb ataydi. Misol uchun, Global Firepower ekspertlarining oxirgi tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng qudratli harbiy kuchga ega davlat sifatida qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0