Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston elchixonalarining 3ta eng asosiy vazifasini aytdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksport, investitsiya va turizm xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning uchta eng asosiy vazifasi deb belgilandi.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan majlisda O‘zbekistonning chet eldagi vakolatxonalari zimmasiga yuklatilgan 3ta eng asosiy vazifalarni sanab o‘tdi.

“Birinchidan, eksport, eksport va yana bir marta eksport!”,- dedi prezident.

“Elchixonalar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda har tomonlama yordam berishi kerak. Bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlar aynan shu yo‘ldan bormoqda. Ular o‘z mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanmoqda. Buni hamma yaxshi biladi.

Ikkinchidan, chet el investitsiyalarini, zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni jalb qilib, bizning sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish va rivojlantirish.

Mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar bizning kelajak uchun muhim rol uynaydi. Ularning hisobidan yangi korxonalar, iqtisodning yangi yo‘nalishlari va yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek mamlakatning raqobatbardoshligi va aholi boyligi oshadi.

Bunga ortiqcha izohning keragi yo‘q deb o‘ylayman.  

Uchinchidan, bizning elchixonalar O‘zbekitonga sayyohlar oqimini oshirish uchun samarali faoliyat olib borishlari kerak. Men bu haqida oldin ham bir necha bor gapirganman.

O‘z navbatida Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) O‘zbekistonda kerakli sayyohlik infratuzilmasini yaratishni boshladi.

Shuni alohida ta’kidlamoqchiman: Bizning elchilar Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi A.Abduxakimovim va Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov bilan birgalikda doimiy va tizimli ravishda O‘zbekistonga chet ellik sayyohlarni jalb qilish bilan band bo‘lishlari kerak.”

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev, elchixonalar xorijiy mamlakatlardagi keng jamoatchilikni O‘zbekiston ochiq, konstruktiv va o‘zaro manfaatli munosabatlarga doimo tayyor ekanligini doimiy ravishda ma’lum qilib turishi kerak ekanligini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0