Urush faxriylariga 5 million so‘mdan mukofot beriladi

© Anvar XalimovVeteran voyni
Veteran voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mukofotlar 9-may – Xotira va Qadrlash umumxalq bayrami kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchi va nogironlariga tantanali ravishda topshiriladi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Bu yil ham O‘zbekistonda 9-may bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchi va nogironlariga 5 million so‘mdan mukofot beriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti imzolagan qarorda aytib o‘tilgan.

“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilansin”, — deyilgan prezident qarorida.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, ushbu pul mukofoti “Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73-yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida”, berilmoqda.

Urush faxriylari - Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi 9-May - avvalgilariga o‘xshamas

Qarorda shuningdek, mukofotlar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishi kerakligi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir necha yildan buyon 9-may arafasida urush faxriylariga pul mukofotlari topshirib kelinmoqda. Xususan, 2015-yilda 600 ming so‘mdan, 2016-yilda 800 ming so‘mdan, 2017-yilda 2 million so‘mdan mukofot berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0