Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yuksak mukofotiga loyiq topildi

Obuna bo‘lish
“Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” mukofoti – Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirishga sezilarli hissa qo‘shgan shaxslar va institutlarga beriladi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Turkiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotiga loyiq deb topildi, “Jahon” AA xabariga asosan.

“EcoAvrasya” uyushmasi boshqaruvi kengashi “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” tanlovining asosiy nominatsiyasi g‘olibligi uchun turli nomzodlarni o‘rganib chiqdi va uni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga berishga qaror qildi”, — deyilgan xabarda.

“Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” (EcoAvrasya) mukofoti ushbu yilda ilk bor ta’sis etilgan bo‘lib, u Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirishga sezilarli hissa qo‘shgan shaxslar va institutlarga beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi IHT sammiti vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Turkiya va Eron prezidentlari bilan uchrashdi

Yuksak mukofot O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va nafaqat respublika, balki keng mintaqani o‘zgartirayotgan, materikda iqtisodiy aloqalarni faollashtirishning asosiy omiliga aylangan chuqur hamda jadal islohotlar uchun berildi. 

Mukofotni topshirishg tantanali marosimida Turkiya prezidentining mafkura bo‘yicha maslahatchisi Yolchin Topchi, fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk Ozli, Turkiya parlamenti a’zolari, xorijiy davlatlar, Anqarada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mukofoti O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisiga tantanali ravishda taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0