O‘zbekistondagi bir nechta shaharda yo‘lkira narxini oshirish mo‘ljallanmoqda

© Sergey KivenkoSalon avtobusa v Tashkente
Salon avtobusa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklarining qarorlari loyihalarida bildirilishicha, yo‘lkira haqlarining oshirilishiga Moliya vazirligining 2018-yil 12-apreldagi xati asos qilib olingan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi portaliga viloyat hokimliklarining shahar yo‘lovchilar transporti yo‘lovchilar tashish haqining yangi tarifini belgilash to‘g‘risidagi qarorlari loyihalari joylashtirildi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklarining qarorlari loyihalarida bildirilishicha, yo‘lkira haqlarining oshirilishiga Moliya vazirligining 2018-yil 12-apreldagi xati asos qilib olingan.

validator v transporte - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtobuslarda naqd pulsiz to‘lov tizimi ishlab chiqildi

Namangan viloyati hokimligining qarori loyihasiga ko‘ra, Namangan shahrida 2018-yil 1-maydan boshlab, avtobus yo‘lovchilar tashish transportida yo‘lovchilarni bir marotaba tashish xizmati (yo‘lkira haqi)ning yangi tarif darajasi ming so‘m etib belgilanadi.

Qarshi shahrida yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tarifi "Damas" rusumli avtotransport vositalari uchun yo‘lkira haqi bir yo‘lovchi uchun bir yarim ming so‘m, "Isuzu" avtobuslariga ming so‘m etib belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Andijon shahar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan avtobus yo‘nalishlari uchun yo‘l kira narxlari ming so‘m etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Andijon shahar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun yo‘l kira narxlari 5 kilometrgacha bo‘lgan masofa uchun ming so‘m, 5 kilometrdan yuqori bo‘lgan masofa uchun 1500 so‘m etib belgilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish xizmati bir martalik avtobusda yo‘lovchilarni tashish xizmati tarifi 900 so‘m va yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarni tashish xizmati tarifi 1000 so‘m miqdorida belgilanadi.

Toshkentdagi axborot tablosi - Sputnik O‘zbekiston
Avtobuslar harakati onlayn kuzatiladi

Ushbu qarorlar loyihalari muhokamasi yakuniga yetishiga oz muddat qolgan bo‘lsada, muhokamalarda sanoqli fuqarolar ishtirok etgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod avtomobil transporti xizmati ko‘rsatuvchilar faoliyat yuritmoqda. Ularning avtoparklarida 115 ming litsenziyalangan avtotransport vositalari bor, jumladan 7801 avtobus, 3531 mikroavtobus, 36,6 ming "Damas" va 22,7 mingdan ortiq taksi avtomobillari mavjud. Yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan korxonalarning 20%i Toshkent shahrida faoliyat yuritadi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, mamlakatda har 10 ming kishiga 2,3 dona litsenziyalangan avtobus, 1 mikroavtobus va 12ta "Damas" to‘g‘ri keladi. Boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda bu juda past ko‘rsatgich hisoblanadi. Masalan Rossiyada har 10 ming aholi soniga 11,7ta avtobus to‘g‘ri keladi.

Respublikada 2021-yilga qadar bosqichma-bosqich ravishda 2375ta yangi avtobus va 5700ta mikroavtobuslar sotib olish rejalashtirilmoqda. Ularning aksariyati past polli, ko‘p yo‘lovchi sig‘dira oladigan va siqilgan gazda ishlaydigan avtobuslar bo‘ladi.

Yo‘lovchi transporti infraqurilmasini qayta tiklash maqsadida 32 ta avtovokzallarni ta’mirlash, 52ta yangi avtovokzal va avtostansiya qurish rejalashtirilgan. Shuningdek ushbu obyektlar hududida xavfsizlik choralarini oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0