Toshkent harbiy okrugi poligonida tank biatloni, parad va xalq sayli bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Chirchiqdagi Toshkent harbiy okrugi poligonida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tank biatloni va harbiy parad bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 7-may – Sputnik. Kecha 6-may kuni Chirchiqdagi Toshkent harbiy okrugi dala o‘quv maydonida tank biatloni, harbiy parad va xalq sayli bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi o‘zining youtube kanalida xabar qilmoqda.

Detskiy voyenniy parad v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bolalar harbiy paradi bo‘lib o‘tdi

9 may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir erta tongda O‘zbekiston Qurolli kuchlarining harbiy paradidan boshlandi.

Undan so‘ng Toshkent harbiy okrugining  dala o‘quv maydonida tank biatloni musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston tankchilari jangovar mashinada turli to‘siqlardan o‘tish va nishonga olish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.  

Biatlonda g‘oliblarini tabriklash marosimidan so‘ng xalq sayli tashkil qilindi. Dala o‘quv maydonini ko‘klamzorlari bag‘rida o‘nlab chodirlar tikildi. Qurolli kuchlar yakkaxon ijrochilari va milliy ashula va raqs ansambllari ishtirokida konsert dasturi tashkil qilindi. Tadbirga minglab odamlar tashrif buyurishdi.

Yangiliklar lentasi
0