Turdenev: O‘zbekiston fashistlar Germaniyasini yakson qilishga ulkan hissa qo‘shgan

© Foto : Mixail DovlatovPosol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev na priyeme v chest 9-maya
Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev na priyeme v chest 9-maya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchining aytishicha, 9-May - bu ham davlatning bayrami va ham quvonch, xotirlash va qayg‘u mujassam bo‘lgan o‘ta shaxsiy, oilaviy bayram.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilarini yakson qilishga ulkan hissa qo‘shgan, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev Ikkinchi jahon urushi faxriylari va fronorti mehnatkashlari uchun uyushtirilgan qabulda.

"Frontdagi qahramonliklari uchun o‘n minglab o‘zbekistonliklar orden va medallar bilan taqdirlanganlar. O‘zbek xalqining bag‘rikengligi, mehribonligi va insoniyligi janglar bo‘layotgan hududlardan ko‘chirilgan milliondan ortiq insonlarni qabul qilganliklarida ham yaqqon namoyon bo‘ladi. Eng avvalo bolalar, ayollar va qariyalar bilan o‘zlarining so‘nggi burda nonlarini baham ko‘rishgan, mehrga to‘la qaynoq va saxiy qalblari bilan ularni isitishgan", — dedi elchi.

U Ikkinchi jahon urushi faxriylari va fron ortida mehnat qilganlar hozirda qayerda yashashlaridan qat’iy nazar Rossiya ularning jasorati va matonati, mardligi va frontdagi birodarlikka sadoqatlarini yuksak qadrlashini aytdi.

Turdenevning aytishicha, 9-May — bu ham davlatning bayrami va ham quvonch, xotirlash va qayg‘u mujassam bo‘lgan o‘ta shaxsiy, oilaviy bayram.

"1945 yil 9-may bizdan qancha uzoqlashgani sari o‘z hayoti, jasorati va qahramonligi bilan umumiy g‘alabani olib kelganlarning qahramonliklari tobora balandroq qadrlanib boraveradi", — ta’kidladi elchi.

Yangiliklar lentasi
0