Shavkat Mirziyoyev o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pochtil pamat pavshix
Prezident Shavkat Mirziyoyev pochtil pamat pavshix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may — Xotira va Qadrlash munosabati bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prazdnichniy salyut v chest Dnya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
9 may kuni Toshkentdagi Milliy bog‘dan bayram salyuti otiladi

O‘zbekiston rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

"Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotlar topshirildi. Ularning o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga borib-kelishi, sanatoriylarda bepul dam olishi uchun sharoit yaratildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Bugun ushbu tarixiy sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0