Namanganlik bosar-tusarini bilmay qolgan Leksus mingan ayollar...  

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishNa stende marki avtomobiley klassa "premium" Lexus
Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namanganda YPX xodimlarini haqorat qilgan bir guruh ayollar butun O‘zbekistonga “mashhur” bo‘lishdi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Namanganda bir necha ayol va YPX xodimlari orasidagi mojaro Ijtimoiy tarmoqlardagi Maslahat guruhiga joylashtirildi. 

SveimliTV tomonidan suratga olingan videolavhada, ayol haydovchi yo‘l patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga bo‘y so‘nmasdan, avtomobil hujjatlarini taqdim etishdan bosh tortgan. Ayolga tegishli bo‘lgan “Leksus” avtomobili to‘xtatilib, jarima maydonchasiga joylashtirmoqchi bo‘linganda, voqea joyiga bir guruh “qo‘llab-quvvatlovchi” ayollar yetib kelishgan. Ular orasida yoshi o‘rta yoshdan kattaroq bo‘lgan onaxon ham bo‘lgan.

Ular “ittvachalar”, "hammangni qamataman”, “davlatingni boshingga ur", “senlar bu moshinani ko‘rolmaysizlar” kabi qo‘pol iboralar bilan xodimlarni haqorat qilib, kuch va qo‘rqituv bilan vaziyatni o‘z foydalariga hal qilmoqchi bo‘lishgan.

“Ushbu avtomobil bugun ikkita postda xodimlarimizning qonuniy talablariga bo‘y sunmay to‘xtamasdan o‘tib ketgan. Undan tashqari avtomobil yon oynalariga, qonunga xilof ravishda, qora pardalar tutib olingani aniqlandi” – deydi YPX xodimi.

Ushbu videolavha ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilganidan so‘ng ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Aksariyat fuqrolar videolavha “qahramonlari”ning bunchalik qo‘polligidandan hayratgan tushishdi.

Kimdir “Kim uzi bular, qaysi Prokurorning yoki Xokim buvaning qarindoshi yoki yaqini bular shu darajagacha borishib?”- desa, boshqalar – Bular bozorchi yokisavdogar yoki sobiq valyutafurushlar deya gumon qildi.

Nima bo‘lganda ham, bunday xulq atvor o‘zbek ayoliga mutlaq yarashmas ekan. Nahot bularning hammasiga bir qimmat moshina saba bo‘lsa? Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin, deganlari shu bo‘lsa kerak.Ushbu ayollar leksus emas, Rolls Roys yoki Bentli minganda nimalar bo‘lishini tasavvur qilishga ham odam qo‘rqadi.

Yangiliklar lentasi
0