Shavkat Mirziyoyev Germaniyada yashaydigan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vstretilsya s sootechestvennikami v Germanii
Prezident Uzbekistana vstretilsya s sootechestvennikami v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident germaniyada o‘qiyotgan yoshlarga bilim va tajribalarini O‘zbekiston rivojiga yo‘naltirishni taklif qildi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga yetib keldi. Berlinda Shavkat Mirziyoyevni Germaniyada o‘qiyotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar katta xursandchilik bilan kutib oldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Berlindagi O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik yoshlarning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan.  Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz,-  dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi 22-yanvarga qadar davom etadi.Tashrifning asosiy tadbirlari 21-yanvarga mo‘ljallangan. O‘zbekiston prezidenti Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Berlinda
Shavkat Mirziyoyev Germaniyada yashaydigan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Berlinda
Yangiliklar lentasi
0