Maxfiy xazina: qachon Toshkentda topilgan boyliklar haqida batafsil ma’lumot beriladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente.
Zdanie Natsionalnogo universiteta Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy universitet xodimlari ushbu xazinani haqiqatda shu yilda topilganligini Sputnikga tasdiqlashdi. Hozirda mutaxassislar ish olib bormoqda.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Milliy universitetda Toshkent knyaz Romanov saroyidan topilgan xazina haqidagi xabarni Sputnik agentligiga tasdiqlashdi.

Klad zolotix monet - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi katta xazina: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi topilma haqida izoh berdi

Kuni kecha OAVlarda Toshkent markazidagi eski binolardan birining yerto‘lasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yerto‘lasidan 80-yillar avval yo‘qolgan xazina topilganligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Milliy universitet mutaxassislari shu xazinani haqiqatda shu yilda topilganligini tasdiqlashdi. Hozirga vaqtda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Prorektor Najmiddin Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, xazina haqida batafsil ma’lumotni jurnalistlarga bir oy yoki bir yarim oydan so‘ng ma’lum qilinadi.

Ilgariroq, Milliy universitet olimlari poytaxt markazidagi eski binolardan birining yerto‘lasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yerto‘lasidan 80-yillar avval yo‘qolgan  noyob san’at asarlari, oltin quymalar, oltin, kumush tanga va idishlar, qadimiy suratlar, ikonalar, qimmatli metalldan yasalgan buyumlar topilganligi haqida xabar berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0