Samarqandda tartibsiz qurilish YuNESKO e’tiroziga sabab bo‘ldi

© SputnikDoma dorevolyutsionnoy epoxi v Samarkande
Doma dorevolyutsionnoy epoxi v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan keyin Samarqandda qurilish bilan bog‘liq jarayonlar oshkora amalga oshiriladi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Samarqand viloyati hokimligida shahardagi qurilish muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Zarafshon nashri.

Yig‘ilish davomida hokim to‘planganlarni Samarqand shahridagi qurilishlar bo‘yicha respublika prokuraturasi ishchi guruhi taqdim etgan ma’lumotnoma bilan tanishtirdi.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yirik tadbirkor qamoqqa olindi

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat markazidagi 141 ta obyektda yer ajratish, qurilish tartib-qoidasi va texnologiyalari buzilgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga mutaxassislar bilan bir qatorda keng jamoatchilikni jalb etishga kelishib olindi. Shu sababli yig‘ilishga hokimlik mutasaddilari, arxitektorlar, quruvchilar, shuningdek, deputatlar, OAV xodimlari, faol ziyolilar taklif etildi.

- Qurilishdagi pinhona kelishuvlar, hujjatlardagi soxtaliklar, tender tanlovlarining yopiqligi sohadagi qonun buzilishlari hamda korrupsiyaga yo‘l ochgan, - dedi E.Turdimov. - Ayniqsa, qadimiy shahardagi ayrim tarixiy meros obyektlariga zarar yetgan. Bu holat YuNESKO ma’muriyatining e’tiroziga sabab bo‘lgan.

“Bundan keyin viloyatda, xususan, yer ustidagi ochiq muzey deb tan olingan Samarqand shahridagi barcha qurilish oshkora amalga oshiriladi. Obyektlarning qurilishi, rejalashtirilishida jamoatchilik va aholi fikri hisobga olinadi”, - dedi viloyat hokimi.  

Qurilishdan shaxsiy manfaat ko‘rish uchun quruvchiga ham, ijro organi rahbarlariga ham, “o‘rtakash” tovlamachilarga ham yo‘l berilmaydi. Deputatlar, jurnalistlar, umuman, ziyolilardan iborat targ‘ibot guruhi aholi o‘rtasida hamda OAV orqali yangi obyektlar qurilishi bilan bog‘liq rejalarni tushuntiradi.

Ayrim mahallalarda eski uylar ko‘p, ba’zi mahallalarda kanilizatsiya yo‘q, hovlilar sel kelishi mumkin bo‘lgan suv yo‘llarida joylashgan. Tabiiyki, kelgusida bunday manzillarda rejali qurilishlar olib boramiz. Lekin har qanday sharoitda obida va binolar muhofazasi e’tiborda bo‘ladi.

Yig‘ilishda o‘rganilgan obyektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0