FVV xodimlari 2 yashar bolaning qo‘lini go‘shtqiymalagichdan chiqarib olishdi

© MChS UzbekistanaSpasateli Upravleniya po chrezvichaynim situatsiyam Samarkandskoy oblasti osvobodili ruku rebenka, zastravshuyu v elektricheskoy masorubke.
Spasateli Upravleniya po chrezvichaynim situatsiyam Samarkandskoy oblasti osvobodili ruku rebenka, zastravshuyu v elektricheskoy masorubke. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navbatchilik qismiga 2017-yilda tug‘ilgan go‘dakning o‘ng qo‘li uy-sharoitida foydalaniladigan elektr go‘shtqiymalagich ichiga kirib qolganligi haqida xabar kelib tushadi.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Samarqand viloyatining FVV xodimlari ikki yashar bolaning qo‘lini elektr go‘shtqiymalagichdan maxsus moslamalar yordamida chiqarib oldilar, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, 18-fevral kuni Samarqand viloyati Samarqand shahar Beruniy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat boshqarma navbatchilik qismiga 2017-yilda tug‘ilgan farzandining o‘ng qo‘li uy-sharoitida foydalaniladigan elektr go‘shtqiymalagich ichiga kirib qolganligi hamda farzandini RShTOIM viloyati filiali jarroxlik bo‘limiga olib borganligi to‘g‘risida xabar bergan.

Ushbu vaziyatda bolaning qisilib qolgan barmoqlarini jarohatsiz chiqarib olish bo‘yicha tibbiy xodimlar va qutqaruvchilarning hamkorlikdagi o‘ta ehtiyotkorlik va mahorat bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida elektr go‘shtqiymalagich maxsus moslamalar bilan kesib olindi.

"Olib borilgan tezkor harakatlar o‘z samarasini berdi va bolaning qo‘li moslamadan chiqarib olindi", - deyiladi xabarda.

© MChS UzbekistanaSamarqand viloyatining FVV xodimlari ikki yashar bolaning qo‘lini elektr go‘shtqiymalagichdan maxsus moslamalar yordamida chiqarib oldilar.
FVV xodimlari 2 yashar bolaning qo‘lini go‘shtqiymalagichdan chiqarib olishdi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatining FVV xodimlari ikki yashar bolaning qo‘lini elektr go‘shtqiymalagichdan maxsus moslamalar yordamida chiqarib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0