“Soatiga 150 ming so‘m” – “Oriyat” tadbirida qo‘lga olingan 187 ta yengiltak ayol iqrorliklari

© Foto : pixabay.comJenskie nogi
Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olingan yengil tabiat ayollardan biri bu ishni oxiri o‘limligini, o‘lganida tashlamasa, undan oldin tashlolmasligi qayd etdi.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Toshkent shahri patrul post xizmati shaxsiy tarkibi hamda odam savdosi bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan 4-fevraldan 15-fevralga qadar “Oriyat” tadbirlari o‘tkazildi.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB multmedia markazi “Vaziyat” video lavhasini tayyorladi.

Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bedarak yo‘qolgan qiz fohishalar orasidan topildi

Tadbir davomida 187 nafar yengil hayot tarzini o‘ziga kasb etgan olgan ayollar qo‘lga olindi.

Yengil hayot tarzini o‘zlariga kasb qilib olgan ayollar pul topishning oson yo‘lini tanlashgan. Ular  halol mehnat ortidan keladigan mablag‘ moddiy ehtiyojlariga yetmasligini iddao qilishdi.

Xabarda ular ilgari ishlab pul topishganliklari va topgan pullari yaxshi yashashga yetmaganini ma’lum qilishdi. Ba’zilari esa fohishalik qilib oson pul topaman, pulga qiziqib, shu yo‘lga kirganliklarini keltirib o‘tishdi. Qo‘lga olingan yengil tabiat ayollardan biri bu ishni oxiri o‘limligini, o‘lganida tashlamasa, undan oldin tashlolmasligi qayd etdi.

Lavhada ta’kidlanishicha, ushbu ayollarning aksariyati oldin ham shu ish bilan shug‘ullangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Inspektor po delam jenshin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova - Sputnik O‘zbekiston
U fohishalar va yolg‘iz ayollarni qutqaradi: toshkentlik ayol-militsioner bilan uchrashuv

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tadbirlar davomida ichki ishlar bo‘limlariga keltirilgan fohishalikda gumondor ayollar shaxsiga aniqlik kiritilib, ular tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Bu ayollarga ishga joylashish, turar-joy masalasi, shuningdek, qarindoshlari bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar yuzasidan yarashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil boshida  O‘zbekiston prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun  imzolandi. Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shug‘ullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).

IIBB O‘zbekiston erkaklarini fohishalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi

Shuningdek, ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

Yangiliklar lentasi
0