O‘zbekistonda bir oyda 1,5 mingdan ortiq ayol zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan

Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab 160 ta zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish shelterlar tashkil etilgan.

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yanvar oyi davomida respublika bo‘ylab zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Markazlariga (shelterlar) 1712 nafar ayol murojaat qilgan.

Devushka legkogo povedeniya i yee kliyent - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda Xitoy va Vyetnam fuqarolari fohishaxona ochishgani aniqlandi

Shulardan 303 nafar ayolga tibbiy, 434 – psixologik, 377 – huquqiy yordam ko‘rsatilgan. 271 nafar ayolning bandligini ta’minlashga ko‘mak berilib, 99 nafariga kredit olib o‘z ishini boshlashiga yordam berilgan, 487 nafar ayolning oilasi yarashtirilgan.

Bugungi kunga qadar respublikada tashkil etilgan shelterlar soni 160 taga yetgan.

O‘zbekistondagi ilk zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Markazi 2018-yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Bugungi kungacha markazlar tomonidan yuzlab ayollarga tegishli yordamlar ko‘rsatildi.

Yangiliklar lentasi
0