Parkentdagi "Katta Quyosh pechi" sayyohlar uchun ochildi

© "Xalq so‘zi"Geliokompleks "Fizika-Solnse"
Geliokompleks Fizika-Solnse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Katta Quyosh sandoni” endi strategik obyekt emas, uning eshiklari barchaga birdek ochildi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Dunyodagi eng noyob laboratoriyalardan biri bo‘lgan, Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining “Katta quyosh sandoni” laboratoriyasini endi barcha tomosha qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi” nashri.

Izgotovlenie solnechnix batarey na predpriyatii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi uylar quyosh nurida ishlaydigan issiqlik tizimi asosida isitiladi

Dunyoda ana shunday majmua faqat 2ta – biri Fransiyada bo‘lsa ikkinchisi – O‘zbekistonda. Biroq yaqin-yaqingacha ushbu noyob obyektga kirish uchun maxsus ruxsatnoma kerak edi. Endi bo‘lsa mazkur obyekt barcha uchun o‘z eshiklarini ochdi. 

“Katta Quyosh pechi”ni ko‘rish maqsadida kelayotgan sayyohlar kun sayin ko‘paymoqda, — deydi S. Azimov nomidagi “Fizika — Quyosh” IIChB Materialshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Yo‘ldosh Sobirov. — Ular orasida maktab o‘quvchilari, talabalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bizni xursand qilayotgani keyingi paytda chet ellik tadqiqotchilar ham kelishmoqda. 

Vistavka Smotrite, eto — NANO! - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiqda quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyat hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan info-turda “Katta Quyosh sandoni” qurilishi bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishdi.

Mazkur qurilma uchun dengiz sathidan 1100 metr balandlikdagi hozirgi joyi tanlanib, yer maydoni portlatiladi. So‘ngra 30 metr chuqurlikdan temir-beton asosli poydevori qo‘yiladi. Konsentrator va texnologik minora joylashgan inshoot 60 metr balandlikda barpo etiladi. Uning tepasiga lift yordamida, chiqiladi. 

Qurilma yaqinida besh yulduz mehmonxona qurilgani mahalliy va xorijiy sayyohlar, ayniqsa, ilmiy turizm vakillari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0