O‘zbekiston harbiylari Rosgvardiya oliygohlarida tahsil olishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishSotrudniki Rosgvardii vo vremya ucheniy
Sotrudniki Rosgvardii vo vremya ucheniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik mutaxassislarni Rosgvardiya oliy harbiy o‘quv yurtlarida tahsil olishini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Rosgvardiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlashtirishni rejalashtirmoqda.

Delegatsiya Nasgvardii Uzbekistana s kollegami iz Rosgvardii - Sputnik O‘zbekiston
Rosgvardiya xodimlari o‘zbekistonlik hamkasblariga qurol-aslahalarni ko‘rsatishdi

O‘zbekistonlik mutaxassislarni Rosgvardiya oliy harbiy o‘quv yurtlarida tahsil olishini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. Bu haqda Rosgvardiya direktori birinchi o‘rinbosari general-polkovnik Sergey Melikov ma’lum qildi.

“Bizda 4 ta oliy harbiy oliygohlar mavjud. Ularda shartnoma imzolangan MDH mamlakatlaridan kelgan sheriklarimiz tahsil olishmoqda. Bular Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va yaqin vaqtlarda, men umid qilamanki, biz bunday shartnomani O‘zbekiston bilan ham imzolaymiz”, - dedi Rosgvardiya vakili.

Melikovning so‘zlariga ko‘ra, Rosgvardiya yaqin sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamladi, birinchi navbatda Belarus va Qozog‘iston bilan, shuningdek, O‘zbekiston bilan ham yaqindan ish olib borishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, fevral boshida O‘zbekiston Milliy gvardiya delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurgandi.

Tashrif davomida Rosgvardiya va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi 2019-yilda halqaro hamkorlik rejasini imzolangandi. Rossiya qo‘riqlash va OMON xodimlari o‘zbekistonlik hamkasblariga xizmat-jangovar vazifalarini bajarish, qurol-yaroq va maxsus asbob-uskunalarni namoyish qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0