Leksus o‘zining birinchi minivenini taqdim etdi

© DrivePerviy miniven ot Leksus
Perviy miniven ot Leksus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lexus LM lyuks miniven bo‘lib, u orqa o‘rindiqda o‘tirgan odamga misli ko‘rilmagan darajadagi qulayliklar taqdim etishi mumkin.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Shanxayda bo‘lib o‘tayotgan Jahon avtomobillar ko‘rgazmasida, Yaponiyaning lyuks avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Lexus kompaniyasi o‘zining birinchi premium minivenini taqdim etdi, bu haqida drive.ru xabar qilmoqda.

© DrivePerviy miniven ot Leksus
Leksus o‘zining birinchi minivenini taqdim etdi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy miniven ot Leksus

Lexus LM nomli miniven, ana’anaga ko‘ra Toyota avtomobili asosida ishlab chiqarilgan. Toyotaning Alphard miniveni bi necha yillardan beri ishlab chiqariladi, lekin Lexus unga butunlay o‘zgacha xususiyatlar mujassam qila olgan.

© DrivePerviy miniven ot Leksus
Leksus o‘zining birinchi minivenini taqdim etdi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy miniven ot Leksus

Avtomobil oldidagi ulkan radiator reshetkasi minivenni yanada dinamikali va agressiv ko‘rinishga olib kelgan. Qo‘shimcha xromlangan detallar esa avtomobil lyuks klassga o‘tganidan dalolat beradi.

Lekin asosiy o‘zgarishlar albatta avtomobil ichiga va qo‘llanilgan texnik  yechilarda yashiringan. Birinchidan, avtomobil yurish qismi (podveska) yanada yumshoqroq qilingan. Bunga LMga o‘rnatilgan yangi amortizatorlar xizmat qiladi. Amortizatorlar maxsus klapanlar tizimiga ega bo‘lib, ular yo‘lning katta va kichik notekisliklariga mos ravishda ochiladi. Natijada avtomobil har qanday notekisliklarda ravon va yumshoq harakatlanadi.

© DrivePerviy miniven ot Leksus
Leksus o‘zining birinchi minivenini taqdim etdi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy miniven ot Leksus

Avtomobil 300 ot kuchiga ega bo‘lgan 3,5 litrli V6 dvigateli bilan jihozlanadi. Turli jihozlanish variantlarida avtomobilning  2 g‘ildiragi yoki 4 g‘ildiragi ham tortishi (4WD) mumkin.

Eng katta o‘zgarishlar albatta avtomobil salonida. Avtomobil eshigi to‘liq avtomatlashgan ravishda ochilib yopiladi. Yo‘lovchi salonga egilmasdan kirishi mumkin. 

Ikkinchidan -  orqa o‘rindiq ottomanka  shaklida yasalgan bo‘lib, unda bemalol cho‘zilib uxlash mumkin.  Uchinchidan, yo‘lovchilar oldidan ulkan 26 dumli ekran ham o‘rnatilgan.

© DrivePerviy miniven ot Leksus
Leksus o‘zining birinchi minivenini taqdim etdi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy miniven ot Leksus

Ha, aytmoqchi yo‘lovchilar miriqib musiqa eshitishi uchun u yerda juda sifatli Mark Levinson audiosistemasi o‘rnatilgan. Dinamiklar soni - 19ta.  Shuningdek, hajmi 14 litr bo‘lgan sovutgich ham bor.

Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu miniven birinchi navbatda Osiyo bozorlari uchun mo‘ljallangan. Ayniqsa xitoy lyuks-minivenlar lyuks sedanlarga qaraganda ko‘proq ommaviylashmoqda. Bunga sabab orqa o‘rindiq atrofining juda kengligidir.

Quyida ushbu miniven taqdimotini tomosha qilishingiz mumkin. Unda bosh qahramon haydovchi emas, orqa o‘rindiqdagi kishi, albatta!

Yangiliklar lentasi
0