Betaraf jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz – Allamjonov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy nuqtayi nazarni aks ettirishi yoki unga zid bo‘lishidan qat’iy nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz - Allamjonov.

TOShKENT, 16-may – Sputnik. Bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zid ekanidan qat’iy nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz, dedi O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.

“O‘zbekiston — haqqoniy, xolis, xalqaro jurnalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Ishlash prinsipidan, ular ilgari surayotgan masalalar bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zid ekanidan qat’iy nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz”, - deyilgan barcha ommaviy axborot vositalariga qaratilgan murojaatda.  

Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin Allamjonov O‘zbekistonda oldin kirish texnik cheklangan bo‘lgan bir qator xorijiy OAVlar saytlariga kirishga cheklovlar olib tashlangani haqida e’lon qilgan edi. Ular orasida “Amerika ovozi”, “BBC Uzbek”, “Deutsche Welle”, “Amnesty International” va boshqa saytlar bor.

Yangiliklar lentasi
0