O‘zbekiston fuqarolari qurolli mojarolar hududidan vataniga qaytarildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGrajdan Uzbekistana zabrali iz zoni voorujennix konfliktov
Grajdan Uzbekistana zabrali iz zoni voorujennix konfliktov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi. Ular aldov yo‘llari bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga borib qolgan edilar.

TOShKENT, 30-may - Sputnik. 2019-yilning 30-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

TIV xabariga ko‘ra, ular aldov yo‘llari bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga borib qolgan edilar.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGrajdan Uzbekistana zabrali iz zoni voorujennix konfliktov
O‘zbekiston fuqarolari qurolli mojarolar hududidan vataniga qaytarildi - Sputnik O‘zbekiston
Grajdan Uzbekistana zabrali iz zoni voorujennix konfliktov

Ma’lum qilinishicha, bu insonlarga hukumat tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

TIV ushbu gumanitar amaliyot inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga to‘liq rioya etgan holda, shuningdek, xalqaro gumanitar huquqning meyor va tamoyillaridan kelib chiqib amalga oshirilganini qayd etdi.

Xorijiy jangari-terroristlarlar bilan aloqador hamda terrorizm qurbonlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish muhimligi BMT Xavfsizlik kengashining 2396-rezolutsiyasi bilan tasdiqlangan.

“Barcha musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida fuqarolarimizni qutqarish bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan gumanitar missiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, maxsus xizmatlari va boshqa idoralarining muvofiqlashtirilgan harakatlari samarasidir”, - deyiladi TIV bayonotida.

Ta’kidlanishicha, qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va YuNISEF tomonidan muhim ko‘mak ko‘rsatilgan.

Avvalroq Sputnik muxbiri Suriya qurdlari "Islom davlati" jangarilarining 148 nafar xotinlari va bolalarini O‘zbekiston hukumatiga topshirgani haqida xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0