Mirziyoyev ikkinchi bosh prokuror ham nega ishdan olinganini aytdi

© STVOtabek Muradov(sleva)
Otabek Muradov(sleva) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisida so‘zlagan nutqida endilikda sobiq senat raisi maqomiga o‘tgan Nig‘matulla Yo‘ldoshevga nima sababdan Bosh prokuror lavozimini ishonib topshirganiga oydinlik kiritdi

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis senatining 20-yalpi majlisida so‘zlagan nutqida, "xalol, pok va har bir qadamni qo‘yish oldidan 10-marta o‘ylaydigan" bo‘lgani uchun Nig‘matulla Yo‘ldoshevni respublika Bosh prokurori lavozimiga tayinlaganini ma’lum qildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlandi

Mirziyoyev o‘z nutqi davomida mamlakatda qisqa vaqtda ikkinchi Bosh prokuror ishdan olinishi bejizmasligini, ishdan olingan bosh prokurorlar korrupsiyaga o‘ralashganini aytib o‘tgan.

Davlat rahbari Oliy Majlis yig‘ilishi ishtirokchilariga IIB rahbari Po‘lat Bobojonovni namuna tarzida keltirib o‘tgan.

"Men Bobojonovni halolligi, pokligi uchun Ichki ishlar organlariga rahbar etib tayinlagandim. Lekin u ham ba’zan berayotgan topshiriqlarimga chidashi qiyin bo‘ladi, lekin boshqa iloj yo‘q. Tizim rahbari halol bo‘lishi kerak birinchi navbatda", - deb ta’kidlagan Mirziyoyev.

Davlat rahbari Nig‘matulla Yo‘ldoshev og‘ir vaqtlarda murakkab lavozimga tayinlanayotganiga urg‘u berib, olti oydan so‘ng undan tizim borasida to‘liq tahlili-hisobotni kutib qolishini ma’lum qilgan.

"Agar prokuratura organini tartibga keltirish mumkin emas, degan xulosa berilsa, men prokuraturani 50-60 foizga qisqartirib tashlayman. Shunga ahd qildim", - deb aytgan prezident.

Yo‘ldoshev, prokuratura tizimida ishlaydigan xodimlar pora olmasligi haqida kafolat berishi kerak, deb qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0