Meyoridan ortiq ishlash o‘ta jiddiy kasallikka olib kelishi mumkin – Fransiya olimlari

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishXirurg pered nachalom operatsii
Xirurg pered nachalom operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyalik olimlar tadqiqotda 18 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 143,6 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ularning sog‘lig‘i holati 7-yil davomida kuzatilgan.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Fransiyalik olimlar 10 soatdan ortiq ish kuni bo‘lgan odamlarda insult rivojlanish xavfini ortishi haqida xulosaga keldi. Bu haqda RIA Novosti MedicalXpress asosan xabar qildi.

Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Insoniyat nimadan nobud bo‘lishi mumkin – olimlar asosiy 4 ta tahdidni ma’lum qilishdi

Bir yil davomida kamida 50 kun ichida sutkada 10 soatlab ishlagan odamlar, meyoridan ortiq vaqt ishlamagan ishchilarga qaraganda - insult xavfi 29 foizga ko‘p bo‘lgan.  

O‘n yil davomida muntazam ravishda o‘n soatlab ishlagan odamlarda bu xavf 45 foizga ko‘tarilgan.

Ish vaqtidan ortiq ishlash ayniqsa 50 yoshga to‘lmagan kishilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

“Bu kutilmagan holat. Bu hodisani sababini aniqlash uchun kelgusi tadqiqotni amalga oshirish zarur”, - dedi tadqiqot muallifi Aleksi Deskata.

Tadqiqotda 18 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 143,6 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ularning sog‘lig‘i holati 7-yil davomida kuzatilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0