Mirziyoyev Senatda yangi qo‘mita tashkil etishni taklif etdi

Obuna bo‘lish
Prezident o‘z nutqida xotin-qizlar uchun munosib ish va turmush sharoitlari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish, ayollarning siyosiy-huquqiy faolligini oshirish masalalariga to‘xtaldi.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida yangi qo‘mita – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mita tuzishni taklif etdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

Mirziyoyev o‘z nutqida xotin-qizlar uchun munosib ish va turmush sharoitlari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish, ayollarning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berdi. 

Dialog s molodejyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yoshlar gender asosidagi zo‘ravonlik haqida o‘z fikrlarini bildirishdi

“Bir narsani tan olish kerak: ayollar xalqning dardini boshqalardan ko‘ra chuqur his qiladi. Bu yil dekabr oyida Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda mehnatkash va oqila ayollarimiz qanchalik ko‘p saylansa, bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat naf ko‘radi”, – dedi davlat rahbari.

Toshkentda bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisda  yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0