Nukus garnizonida dala o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda

© Press-slujba MOVoyennie ucheniya v Nukuse
Voyennie ucheniya v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nukus garnizonida harbiy xizmatchilar 40 km marsh yurish va tunggi hamda kunduzgi o‘q otish mashqlarini bajarishdi

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida rejalashtirilgan amaliy dala o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda, - deb xabar qildi shimoli – g‘arbiy  harbiy okrug matbuot xizmati.

© Press-slujba MOShaxsiy tarkibning marsh yurishi
Nukus garnizonida dala o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shaxsiy tarkibning marsh yurishi

Mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning 40 kilometrlik marsh yurishidan boshlandi. Ushbu masofasining yarmini shaxsiy tarkib piyoda tarzda bosib o‘tdi. Dala o‘quv maydonidagi amaliy mashqlar tunggi sharoitda o‘q otish mashg‘ulotlaridan boshlandi.

"Piyoda bosib o‘tilgan uzoq masofa harbiy xizmatchilarning jismoniy va axloqiy-ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatmadi. Nishonlar tunda ham, kunduzi ham birdek yakson etildi", - deyilgan xabarda. 

Qurol va harbiy texnikalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar kunduzi ham davom etdi. Cho‘l hududida joylashgan poligonning issiq va quruq havosi yurt posbonlarini yana sinovga chorlardi. Poligon bo‘ylab tashkil etilgan o‘quv joylarida harbiy xizmatchilarga qurolni o‘q otishga hozirlash, mo‘ljalga olish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

O‘quv yig‘ini davomida askarlar birinchi marotaba minomotlardan amalda o‘q uzib, nishonlarni yo‘q qilishdi. Dala-o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0